Mix Burger - bu fast food, milliy va yevropa taomlari restoranlari tarmog'i. Kompaniya 2014 - yildan beri ish faoliyatini yuritib, hozirgi kunga kelib 6ta filialga ega va har kuni o'z mehmonlarini mazali taomlari bilan xursand qilib kelmoqda.
Bizning vazifalarimizdan biri, bu mamlakatimizdagi ishsizlikni kamaytirish. Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda bizning katta ahil jamoamizda 300tadan ortiq ishchi ishlab kelmoqda. Ammo bizning eng muhim vazifamiz - bu sizga mazali va sifatli mahsulot tayyorlash. Axir siz eng mazalisiga loyiqsiz!